LVLGG Telegram bot

Foydalanish shartlari

Patchni sotib olib yoki yuklab olib, quyidagilarga rozilik bildirasiz.

  1. Faqat o'zingiz uchun. Pullik patch sizning Telegram hisobingizga bog'lanadi va 3 ta kompyutergacha ishlaydi. O'rnatishda Telegram orqali tasdiqlaysiz.
  2. Tarqatish va sotish taqiqlanadi. Patchni, uning fayllarini yoki o'rnatilgan tarjimani boshqalarga yuborish, kanal yoki guruhga joylash, sotish mumkin emas.
  3. Buzilsa — hisob bloklanadi. Patch yuklab olish, yangilanishlar va yangi kompyuterda faollashtirish to'xtaydi. Bu holda to'lov qaytarilmaydi.
  4. O'yinning o'zi patchga kirmaydi. Patchda faqat bizning tarjima va ovozlarimiz bor — o'yin sizda qonuniy bo'lishi kerak.
  5. Onlayn himoyali o'yinlarga o'rnatilmaydi. Akkaunt bloklanishi xavfi bo'lgan o'yinlarda patch ishlamaydi.

Rasmiy joylar faqat: lvlgg.uz va @lvlgguz_bot. Boshqa joyda tarqatilgan nusxalar soxta yoki virusli bo'lishi mumkin — ularni yuklamang. Soxta nusxa ko'rsangiz, botga xabar bering.